20-22 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

20-22 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

18.05.2023

20-22 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 20 mayda 22-27°, 21-22 mayda 28-33° bo’ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 120 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 25-30°, 21-22 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 32-37° bo’ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 20 mayda 25-30°, 21-22 mayda 28-33° bo’ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 20 mayda 30-35°, 21-22 mayda 34-39° bo’ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 20 mayda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’lishi, momaqaldiroq bo’lishi, ayrim joylarda do’l yog’ishi mumkin. 21-22 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 20 mayda 23-28°, 21-22 mayda 28-33° gacha ko’tariladi.

RESPUBLIKANING TOGʻ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, 20 mayda vaqti-vaqti bilan yomg'ir yog'adi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi, momaqaldiroq bo’lishi, ayrim joylarda do’l yog’ishi, yuqori tog‘li (2000 m dan baland) hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. 21-22 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20 mayda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 6-11°, kunduzi 20 mayda 12-17° , 21-22 mayda 15-20° bo’ladi.