18 MAY KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

18 MAY KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

18.05.2023

MUHIM HODISALAR

18-20 mayda respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

18 MAY KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va kunning birinchi yarmida Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy  shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 22-27° bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 24-26° bo‘ladi.

Respublikaning tog’li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Yuqori tog‘li (2000 m dan yuqori) hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 11-16° bo‘ladi.