17-19 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI
15.05.2023
17-19 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, 17 mayda kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. 18 mayda ba’zi yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. 19 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 17-18 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 17-22°, 19 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 22-27° bo’ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 17 mayda vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. 18-19 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 17 mayda 17-22°, 18 mayda 23-28°, 19 mayda 25-30° bo’ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 17 mayda vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. 18-19 mayda ba’zi joylarda yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zida esa 23-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 17 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 17-22°, 18 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 20-25°, 19 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 25-30° bo’ladi.
QASHQADARYO VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, 17 mayda vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. 18-19 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zida esa 23-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 17 mayda 20-25°, 18-19 mayda 25-30° bo’ladi.
SURXONDARYO VILOYATLI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zida esa 23-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 17 mayda 20-25°, 18-19 mayda 25-30° bo’ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 17 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 18-19 mayda vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 17 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 17-22°, 18 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 20-25°, 19 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 23-28° bo’ladi.
RESPUBLIKANING TOGʻ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg'ir yog'adi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Yuqori tog‘li (2000 m dan baland) hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 6-11°, kunduzi 17-18 mayda 10-15°, 19 mayda 13-18° bo’ladi.