16 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI 15 may soat 20 dan 16 may soat 20 gacha

16 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI 15 may soat 20 dan 16 may soat 20 gacha

15.05.2023

MUHIM HODISALAR

Joriy yilning 15-17 may kunlari O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizining janubiy hududlaridan nam havo, so‘ngra Volga bo‘yi hududlaridan salqin havo kirib kelishi kutilmoqda.

15-17 may kunlari respublika hududida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

15-16 may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, 17 mayda Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida va respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin.

Yuqori tog‘li (2000 m dan yuqori) hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

15 mayda shimolda va cho‘l hududlarda, 16-17 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida 23-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

15-16 mayda respublika shimolida, 17 mayda respublikaning qolgan hududlarida kunduzgi havo harorati 17-22 darajagacha pasayadi.

16-17 mayda respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

 

16 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

15 may soat 20 dan 16 may soat 20 gacha

TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-20°, kunduzi 29-31° bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha, ba’zida esa 23-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 17-22° bo‘ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha, ba’zida esa 23-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.

TOSHKENT, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 28-33° bo‘ladi.

SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 28-33° bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARIDA
Havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 17-22° bo‘ladi.