15 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI 14 may soat 20 dan 15 may soat 20 gacha
14.05.2023
MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 14-17 may kunlari O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizining janubiy hududlaridan nam havo, so‘ngra Volga bo‘yi hududlaridan salqin havo kirib kelishi kutilmoqda.
14-17 may kunlari respublika hududida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
14-16 may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, 17 mayda Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida va respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin. Yuqori tog‘li (2000 m dan yuqori) hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
14-15 mayda shimolda va cho‘l hududlarda, 16-17 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida 23-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
14-16 mayda respublika shimolida, 17 mayda respublikaning qolgan hududlarida kunduzgi havo harorati 17-22 darajagacha pasayadi.
16-17 mayda respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
15 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI 14 may soat 20 dan 15 may soat 20 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 16-18°, kunduzi 31-33° bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba’zan 23-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARIDA
Havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 18-23° bo‘ladi.