15-17 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI
13.05.2023
15-17 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, 15-16 mayda ba’zi joylarda vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. 17 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-16 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba’zan 23-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 15 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 28-33°, 16 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 17-22°, 17 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° bo’ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 15 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 16-17 mayda ba’zi joylarda vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi,
16 mayda ba’zan 23-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 15 mayda kechasi 17-22°, kunduzi 32-37°, 16 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 17-22°, 17 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 17-22° bo’ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, 15-16 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi,
17 mayda ba’zi joylarda vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba’zan 23-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 15 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 30-35°, 16 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 28-33°, 17 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 17-22° bo’ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, 15-16 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi,
17 mayda ba’zi joylarda vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, Qashqadaryo viloyatining ba’zi joylarida kuchli bo’ladi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan
7-12 m/s tezlikda esadi, 17 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba’zan 23-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 15 mayda kechasi 17-22°, kunduzi 32-37°, 16 mayda kechasi 17-22°, kunduzi 27-32°, 17 mayda kechasi 17-22°, kunduzi 20-25° bo’ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, , 15-16 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi,
17 mayda ba’zi joylarda vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba’zan 23-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 15 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 30-35°, 16 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 27-32°, 17 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 18-23° bo’ladi.
RESPUBLIKANING TOGʻ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg'ir yog'adi, momaqaldiroq bo'lishi mumkin.
17 mayda ba’zi joylarda kuchli bo’ladi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi
8-13°, kunduzi 15 mayda 18-23°, 16-17 mayda 14-19° bo’ladi.