30-31 IYuL- 1 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI

30-31 IYuL- 1 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI

30.07.2021

Yakshanba kuni havo harorati yana ko‘tarila boshlaydi.

 

Yurtimizga o‘tgan xafta o‘rtalarida janubdan salqin havo massalari kirib keldi. Natijada havo haroratining pasayishi kuzatildi.

Bugun va yertaga ham respublikamizda bunday ob-havo sharoiti saqlanib qoladi. Kam bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat bugun Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kunning birinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo haroratining kunduz kungi qiymati 32-37° ni tashkil etadi. Shamolning tezligi ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘li hududlarida va vodiyning Qirg‘iziston Respublikasi bilan yondosh hududlarida kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar hisobiga, 30-31 iyulda Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.

1 avgusta respublikamizni salqin havo massalari asta-sekin tark eta boshlaydi. Uning o‘rnini Erondan kirib keladigan issiq va quruq ob-havo massalari egallaydi. Kunduz kuni havo haroratining 35-40° gacha isishi kutilmoqda.

Respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.