O‘zbekiston bo‘yicha 12-14 may kunlariga ob-havo prognozi

O‘zbekiston bo‘yicha 12-14 may kunlariga ob-havo prognozi

12.05.2023

O‘zbekiston bo‘yicha 12-14 may kunlariga ob-havo prognozi

Bugun Kaspiy dengizining janubiy hududlaridan nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va kechga tomon Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Havo harorati kunduzi 27-32o ni tashkil etadi.

Ertaga mamlakatimiz hududining katta qismida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 15-20o ni, kunduzi 27-32o ni tashkil etadi.

Yakshanba kuni O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo ochiq, quyoshli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat respublikamizning shimoliy hududlari bo‘yicha momaqaldiroq bilan yomg‘ir yog‘ishi prognoz qilinmoqda. Shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Havo harorati kechasi 13-18o ni, kunduzi 30-35o ni tashkil etadi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda momaqaldiroq bilan mahalliy yomg‘irlar yog‘adi, 12-13 mayda ba’zi joylarda yomg‘ir kuchli yog‘adi.

 

Poytaxtimizda bugun kunning ikkinchi yarmida va ertaga vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Yakshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Biroz shamol esadi, bugun shamol 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat bugun kunduzi 27-29o ni tashkil etadi, ertaga kechasi 18-20o, kunduzi 27-29o, yakshanba kuni kechasi 16-18o, kunduzi 30-32o bo‘ladi.