14-16 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI
12.05.2023
14-16 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 14-15 mayda 15-20°, 16 mayda 13-18°, kunduzi 14 mayda 28-33°, 15 mayda 23-28°, 16 mayda 20-25° bo’ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 14-15 mayda 17-22°, 16 mayda 15-20°, kunduzi 14 mayda 30-35°, 15 mayda 32-37°, 16 mayda 23-28° bo’ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 30-35° bo’ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 14-15 mayda 32-37°, 16 mayda 27-32° bo’ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 14-15 mayda 30-35°, 16 mayda 27-32° bo’ladi.
RESPUBLIKANING TOGʻ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, 14 va 16 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg'ir yog'adi, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. 15 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 17-22° bo’ladi.