12 MAY KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

12 MAY KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

12.05.2023

MUHIM HODISALAR

12-13 mayda va 16-17 mayda respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

 

12 MAY KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, Toshkent, Samarqand, Jizzah, Sirdaryo viloyatlarida va kechga tomon Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 27-32° bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27-29° bo‘ladi.

Respublikaning tog’li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo’lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-20° bo‘ladi.