“O‘zbekistonda gidrometeorologiya xizmati agentligi tashkil etilganligining 102 yilligi”ga bag‘ishlangan tadbir

“O‘zbekistonda gidrometeorologiya xizmati agentligi tashkil etilganligining 102 yilligi”ga bag‘ishlangan tadbir

08.05.2023

“O‘zbekistonda gidrometeorologiya xizmati agentligi tashkil etilganligining 102 yilligi”ga bag‘ishlangan tadbir

Mamlakatimiz hududida bundan 102 yil avval Turkiston metrologiya institutining observatoriya va meteorologiya bo‘limi negizida gidrometeorologiya xizmati tashkil etilgan.

Toshkent shahrida doimiy metrologik kuzatuvlar 1867 yildan amalga oshirilagan bo‘lsa, 1876 yilga kelib Astronomiya observatoriyasi qoshida meteorologiya stansiyasi o‘z faoliyatini boshlagan. Bugungi kunda ushbu meteostansiya 150 yildan ortiq vaqt davomida uzluksiz kuzatuvlarni olib bormoqda.  

Markaziy Osiyo davlatlari gidromeorologiya xizmatlarini barqaror rivojlanishida O‘zgidromet alohida o‘ringa ega bo‘lib, 1967 yildan Jahon meteorologiya tashkilotining Mintaqaviy telekommunikatsion markaziga aylangan.

Jahon meteorologiya markazlaridan olingan sinoptik va meteorologik ma’lumotlar bilan Markaziy Osiyo davlatlarini ta’minlash, ushbu davlatlardan olingan ma’lumotlarni muvofiqlashtirish, birlamchi qayta ishlash vazifalari sohamiz mutaxassislari tomonidan bugungi kunda ham amalga oshirib kelinmoqda.

So‘nggi yillarda ushbu sohani rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va aholini gidrometeorologik ma’lumotlar bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga shaxsan Muhtaram Prezidentimiz tomonidan alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

Xususan, 2020 yil 17 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorini qabul qilinishi soha faoliyatini tubdan o‘zgartirdi.

Shuning bilan birga, gidrometeorologiya sohasini tartibga solish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 6 ta qarorlari va 1 ta farmoyishi va eng muximi “Gidrometeorologiya faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi.

Yanayam ahamyatlisi Vazirlar Mahkamasining “Gidrometeorologiya xizmati a’lochisi” ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida 2021 yil 9 iyundagi (356-son) qaroridir.

Meteorologiya stansiyalari soni 70 tadan 85 taga, qor ko‘chki stansiyalari 3 tadan 6 taga, agrometeorologik postlar 40 taga ortdi.

Shuningdek, avtomatik meteorologik stansiyalar soni 10 tadan 77 taga, qor ko‘chki stansiyalari 6 taga, meteorologik radiolokator tarmag‘i 5 taga, o‘tgan yil MRL Buxoro ishga tushirildi, xozirda vodiy hududida shunday uskunani o‘rnatish jarayonidamiz, amalga oshirilgan ishlar natijasida hududlar bilan ma’lumotlar 10 daqiqada yangilanib borilishi taminlanib, turli barvaqtlikdagi ob-havo prognozlarining ishonchliligi, sutkalik 94 foizga, 2-3 sutkalik 92 foizga, 4-5 sutkalik 90 foizga, shtorm ogohlantirishlar oqlanish darajasi 95 foizga yetkazildi.

Respublikamizning qishloq xo‘jaligi hududlarida 95 ta avtomatik kichik meteostansiyalar ishga tushirilib, dala sharoitida klaster va fermer xo‘jaliklarining ekin maydonlarida zarur bo‘lgan xizmatlar (o‘simlik namligi, yog‘inlar miqdori, tuproq harorati va namligini) ko‘rsatish turlari kengaytirildi.

“Zamin” xalqaro jamoat fondi bilan hamkorlikda respublikada atmosfera havosi ifloslanishini avtomatlashtirilgan tizim orqali monitoring qilish loyihasining I-bosqichida Toshkent shahriga 2 ta xalqaro standartlarga mos avtomatlashgan stansiyalar o‘rnatildi, loyihaning II-bosqichi doirasida joriy yil 6 ta shunday avtomatlashgan stansiyalar viloyat markazlarida foydalanishga topshirildi, hozirda 8 ta stansiyalarni xarid qilish bilan bog‘liq ishlar amalga oshirilmoqda.

Aholi yashash punktlarda havo sifatini monitoring qilish hamda gidrometeorologik ma’lumotlarni vizuallashtirish bo‘yicha yangi “monitoring.meteo.uz va “data.meteo.uz geopartallari hamda ushbu saytlarning mobil ilovasi ishga tushirildi.

O‘zgidrometning 102 yillik bayrami barchamizga muborak bo‘lsin!