7 MAY KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

7 MAY KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

07.05.2023

MUHIM HODISALAR

7 may kunlari respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Respublikaning ayrim joylarida do‘l yog‘ishi mumkin.
7 may kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

7 MAY KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. G'arbiy shamol yo'nalishini o'zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 20-25° bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 22-24o bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog’li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi, baland tog‘larda (2000 metrdan badandda) qorga aylanishi mumkin. G'arbiy shamol yo'nalishini o'zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-15° bo‘ladi.