6 MAY KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

6 MAY KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

06.05.2023

MUHIM HODISALAR

Joriy yilning 6 may kunlari O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda 22-25 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
6-7 may kunlari respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Respublikaning ayrim joylarida do‘l yog‘ishi mumkin.
6-7 may kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

6 MAY KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va kechga tomon Toshkent viloyatida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ayrim hududlarda do’l yog’ishi mumkin. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha, ayrim joylarda 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 18-23° bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi,
12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-22o bo‘ladi
.

Respublikaning tog‘ oldi va tog’li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi, baland tog‘larda (2000 metrdan badandda) qorga aylanishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10-15° bo‘ladi.