O‘zbekiston bo‘yicha 5-7 mayga kunlariga ob-havo prognozi

O‘zbekiston bo‘yicha 5-7 mayga kunlariga ob-havo prognozi

05.05.2023

#uzgidromet #prognoz #may #harorat #antisiklon #iliq #yomgir #shamol

Bugun kunduz kuni O‘zbekiston hududining katta qismida havo kam bulutli, quruq va iliq bo‘lishi kutilmoqda, havo harorati 24-29o atrofida bo‘ladi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va kechga tomon Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarida ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublika shimolida havo harorati 18-23o gacha pasayadi.

6 mayda respublikamiz hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam va nisbatan salqin havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzgi havo harorati 18-23o gacha pasayadi, bu may oyining boshi uchun bo‘lgan me’yordan 3-5o ga pastdir.

7 mayda respublikamizning markaziy va sharqiy viloyatlari bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati kechasi 8-13o gacha pasayadi, kunduzi harorat 20-25o atrofida bo‘ladi.

Respublikaning ayrim joylarida do‘l yog‘ishi mumkin.

5 mayda shimolda, janubda va cho‘l hududlarda, 6 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda shamol 22-25 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 5-7 may kunlari vaqti-vaqti bilan momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Baland tog‘larda (2000 m dan yuqorida) yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 5-7 may kunlari sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

 

Poytaxtimizda bugun kunduz kuni havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol tezligi 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kunduzgi havo harorati 25-27o ni tashkil etadi.

Shanba kuni kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-12o, kunduzi 20-22o bo‘ladi.

Yakshanba kuni kunning ikkinchi yarmida biroz  qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-12o, kunduzi 22-24o bo‘ladi.