6 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI 5 may soat 20 dan 6 may soat 20 gacha

6 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI 5 may soat 20 dan 6 may soat 20 gacha

05.05.2023

MUHIM HODISALAR

Joriy yilning 5-6 may kunlari O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda 22-25 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

5-7 may kunlari respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Respublikaning ayrim joylarida do‘l yog‘ishi mumkin.

5-7 may kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

 

6 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

5 may soat 20 dan 6 may soat 20 gacha

TOSHKENT SHAHRI
Havo o'zgarib turadi, kechga tomon qisqa muddatli yomg'ir yog'ishi, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Sharqiy shamol yo'nalishini o'zgartirib g'arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-12°, kunduzi 20-22° bo'ladi.

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 18-23° iliq bo‘ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 18-23° bo‘ladi.

QASHQADARYO VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 22-27° bo‘ladi.

 SURXONDARYO VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 22-27° bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda 23-28 m/s gacha kuchayishi, chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARIDA
Havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi, ba’zi joylarda kuchli bo’lishi, baland tog’larda (2000 metrdan balandda) qorga aylanishi mumkin. Ayrim joylarda do’l yog’ishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 10-15° bo‘ladi.