4-6 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

4-6 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

02.05.2023

4-6 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, 4-5 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. 6 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha, ba’zida esa 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 4 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 20-25°, 5 mayda kechasi 8-13°, kunduzi 20-25°,  6 mayda kechasi 8-13°, kunduzi 22-27° bo’ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, 4 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 5-6 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha, ba’zida esa 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 4 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 25-30°, 5-6 mayda kechasi 8-13°, kunduzi 22-27° bo’ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, 4-5 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 6 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha, 6 mayda ba’zida esa 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 4 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 22-27° 5 mayda kechasi 8-13°, kunduzi 25-30°, 6 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 22-27° bo’ladi.

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, 4-5 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 6 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha, 6 mayda ba’zida esa 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 4 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 30-35°, 5 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 27-32°, 6 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 24-29° bo’ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha, 6 mayda ba’zida esa 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 23-28° bo’ladi.

RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8°, kunduzi 13-18° bo’ladi.