30 IYUL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

30 IYUL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

30.07.2021

MUXIM XODISALAR

Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘li hududlarida va vodiyning Qirg‘iz Respublikasi bilan chegaradosh hududlarida kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar hisobiga, 30-31 iyul kunlarida Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining tog‘ oldi
va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.

O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddati yomg‘ir yog‘ishi momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s kuchayadi. Harorat 32-37o bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan
5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 33-35o bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddati yomg‘ir yog‘ishi momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat 20-25o bo‘ladi.