O‘zbekiston bo‘yicha 28-30 aprel kunlariga ob-havo prognozi

O‘zbekiston bo‘yicha 28-30 aprel kunlariga ob-havo prognozi

28.04.2023

O‘zbekiston bo‘yicha 28-30 aprel kunlariga ob-havo prognozi

O‘zbekiston bo‘yicha 28-30 aprel kunlariga ob-havo prognozi

Bugun O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechga tomon Toshkent viloyatida, shuningdek, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi havo harorati 28-33o ni tashkil etadi.

Dam olish kunlari mamlakatimiz hududining katta qismida havo ochiq va quyoshli bo‘lishi kutilmoqda. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda havo o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Yakshanba kuni respublikamizning shimoli-g‘arbiy hududlari bo‘yicha shamol tezligi 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 11-16o, kunduzi 28-33o atrofida bo‘ladi.

Poytaxtimizda bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 28-30o bo‘ladi.

Dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-15o, kunduzi 29-31o bo‘ladi.