26 APREL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

26 APREL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

26.04.2023

26 APREL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda, janubda va cho’l hududlarda ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28-33° bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 28-30o bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog’li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg’ona vodiysi viloyatlarining tog’li hududlarida  ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 18-23° iliq bo‘ladi.