O‘zbekiston bo‘yicha 25-28-aprel kunlariga ob-havo prognozi
25.04.2023
So‘nggi kunlarda O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha quruq va iliq ob-havo kuzatildi. Keyingi kunlarda ham respublikamizda shunday ob-havo saqlanib turadi.
Bugun va hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Farg‘ona vodiysining ayrim tog‘li hududlarida va respublika janubida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
25 aprelda shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Respublikaning barcha hududlarida haroratning ko‘tarilishi davom etadi. Havo harorati kechalari 13-15o gacha, ba’zi joylarda 16-18o gacha, kunduz kunlari 30-33o gacha, cho‘l hududlarda va respublika janubida ba’zi joylarda 35-37o gacha ko‘tariladi, bu aprel oyining oxirgi o‘n kunlik me’yoriy qiymatlaridan 4-6o ga yuqoridir.
Poytaxtimizda bugun va ish haftasining oxirigacha havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat asosan kechasi 12-14o, kunduzi 28-30o bo‘ladi.