O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 20-24 APREL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
20.04.2023
Bugun va bayram kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Respublikaning barcha viloyatlarida haroratning ko‘tarilishi davom etadi. Keyingi haftaning boshiga kelib, havo harorati kechalari 9-14o gacha, kunduz kunlari 25-30o gacha, respublikaning cho‘l hududlarida va janubda ba’zi joylarda 32-35o gacha ko‘tariladi. Shamol asosan birozdan o‘rtacha tezlikgacha sharqiy yo‘nalishda esdi, faqat shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida ham iliq va quruq ob-havo bo‘ladi. Tog‘larda harorat kechalari 4-9o iliqgcha, kunduz kunlari 15-20o gacha ko‘tariladi. Shunday qilib, tabiatda dam olishni yaxshi ko‘radiganlar qulay ob-havodan bahramand bo‘lishlari mumkin.
Bugun va 21-24 aprel kunlari poytaxtimizda asosan kam bulutli ob-havo bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechalari 10-13o iliq atrofida bo‘ladi, kunduz kunlari 18-20o dan 27-29o gacha asta-sekin ko‘atrialdi.
O‘zgidromet sinoptiklari O‘zbekistonning barcha aholisi va mehmonlarini Ramazon hayiti bilan tabriklaydi! Barchangizga sog‘lik-salomatlik, musaffo osmon, xonadonizda iliqlik va osoyishtalik tilaymiz!