O‘zbekiston bo‘yicha 17-21-aprel kunlariga ob-havo prognozi
17.04.2023
Bugun va ertaga O‘zbekiston hududining katta qismida quruq, lekin salqin ob-havo bo‘lishi ktilmoqda. Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va Surxondaryo viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarda do‘l yog‘ishi ehtimoli bor. Cho‘l hududlarda va Farg‘ona vodiysida shamolning tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang to‘zon bilan kuzatilishi kutilmoqda. Kunduzgi harorat 12-15o, respublika shimolida 7-12o iliq atrofida bo‘ladi. Kechasi harorat 2-7o iliqgacha, shimolda ba’zi joylarda 3o sovuqgacha pasayadi.
19-apreldan boshlab antisiklon respublika hududidan chekina boshlaydi va ish haftasining oxirigacha O‘zbekiston bo‘yicha quruq ob-havo kuzatiladi. Havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va 21-aprelga kelib kechasi 4-9o iliqni, kunduzi 20-25o ni tashkil etadi.
Bugun sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Bugun va hafta davomida poytaxtimizda: yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Bugun va ertaga havo harorati 12-15o atrofida bo‘ladi. Dushanbadan seshanbaga o‘tar kechasi harorat 2-4o iliqgacha pasayadi.
19-apreldan ish haftasining oxirigacha kechalari harorat 4-7o iliq atrofida bo‘ladi, kunduzi asta-sekin ko‘tariladi va juma kuniga kelib harorat 20-23o gacha ko‘tariladi.