ПРОГНОЗ ПОГОДЫ НА ДЕНЬ 16 АПРЕЛЯ

ПРОГНОЗ ПОГОДЫ НА ДЕНЬ 16 АПРЕЛЯ

16.04.2023

MUHIM HODISALAR

Joriy yilning 16-17 aprel kunlari O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib keladi.
16 aprelda Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin.
16-17 aprelda respublika hududi bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Farg‘ona viloyatlarida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
17 aprelga havo harorati kechasi 2-7 daraja iliqgacha, kunduzi 10-15 daraja iliqgacha pasayadi. 16-17 aprel kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati va Navoiy viloyati shimolida harorat 0-5 daraja iliqgacha, ba’zi joylarda -1...-3 daraja sovuqgacha bo‘lishi mumkin, kunduz kunlari 7-12 daraja iliqgacha pasayadi.
16-17 aprel kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

16 APREL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin.. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Farg‘ona viloyatlarida ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 20-25°, shimolda 7-12°bo‘ladi.

Toshkentda Havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.. Harorat 21-23° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog’li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanishi, ba’zi joylarda do‘l yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin Harorat
8-13° bo‘ladi.