O‘zgidromet tarmoqlari kengaymoqda
14.04.2023
Gidrometeorologiya xizmati agentligi va "Zamin" fondi qo‘shma loyihasi doirasida O‘zbekiston Respeblikasi hududlarida o‘rnatish uchun mo‘ljallangan 6 ta havoni monitoring qilish avtomatik stansiyasi olib kelindi. Ulardan ikkitasi Jizzax va Gulistonga yetkazilib, o‘rnatildi.
Ayni paytda mutaxassislar stansiyalarni sozlamoqda va sinov tariqasida ishga tushirmoqda, shundan so‘ng havoning holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar real vaqt rejimida monitoring.meteo.uz platformasida taqdim etib boriladi. Stansiyalarni ishga tushirishdan avval O‘zgidrometning joylardagi xodimlari uchun o‘rnatilayotgan stansiyalarni sozlash va ulardan foydalanish bo‘yicha amaliy treninglar o‘tkazilmoqda.