16-18 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI

16-18 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI

14.04.2023

16-18 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi, 16 aprelda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha, ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 0-5° iliq, 16-17 aprelda kechasi 2° sovuq-3° iliqgacha pasayadi, kunduzi 7-12° iliq bo’ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 aprelda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha, ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 16 aprelda kechasi 8-13°, kunduzi 18-23°, 17-18 aprelda kechasi 1-6° iliq, Navoiy viloyatining shimolida 1-3° sovuq, kunduzi 17 aprelda 10-15° iliq, 18 aprelda 12-17° iliq bo’ladi.

SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 16 aprelda kechasi 10-15°, kunduzi 20-25°, 17-18 aprelda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo’ladi.

TOSHKENT VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, 16 aprelda ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’ladi, ayrim joylarda do’l yog’ishi mumkin. 17-18 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 16 aprelda kechasi 10-15°, kunduzi 20-25°, 17-18 aprelda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo’ladi.

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 aprelda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha, ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 16 aprelda kechasi 12-17°, kunduzi 22-27°, 17-18 aprelda kechasi 5-10°, kunduzi 15-20° bo’ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, 16 aprelda ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’ladi, do’l yog’ishi mumkin. 17-18 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 aprelda Farg’ona viloyatida ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha, ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 16 aprelda kechasi 10-15°, kunduzi 18-23°, 17 aprelda kechasi 5-10°, kunduzi 10-15°, 18 aprelda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo’ladi.

 RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI
Havo o’zgarib turadi, 16-17 aprelda vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, ayrim joylarda qorga aylanadi, momaqaldiroq bo’ladi, do’l yog’ishi mumkin. 18 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 16 aprelda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15°, 17-18 aprelda kechasi
0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo’ladi.