15 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI 14 prel soat 20 dan 15 aprel soat 20 gacha
14.04.2023
14 aprel kuni O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan quruq va issiq havo kirib kelishi davom etadi. Kunduzgi havo harorati 30-35 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 37 darajagacha ko‘tariladi.
14 aprelda respublika hududi bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi, Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida ba’zi joylarda shamol 25-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi kutilmoqda.
Joriy yilning 15-17 aprel kunlari O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib keladi.
15 aprelda respublika hududida, 16 aprelda Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin.
15-17 aprelda respublika hududi bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Farg‘ona viloyatlarida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
17 aprelga havo harorati kechasi 2-7 daraja iliqgacha, kunduzi 10-15 daraja iliqgacha pasayadi. 16-17 aprel kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati va Navoiy viloyati shimolida harorat 0-5 daraja iliqgacha, ba’zi joylarda -1...-3 daraja sovuqgacha bo‘lishi mumkin, kunduz kunlari 7-12 daraja iliqgacha pasayadi.
15-17 aprelda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
15 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI
14 prel soat 20 dan 15 aprel soat 20 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, do’l yog’ishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-19°, kunduzi 21-23° bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 15-20° bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 20-25° bo’ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’ladi, ayrim joylarda do’l yog’ishi mumkin. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 20-25°, bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo viloyatida kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi, ayrim joylarda do’l yog’ishi mumkin. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 27-32° bo’ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’ladi, ayrim joylarda do’l yog’ishi mumkin. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, Farg’ona viloyatida ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 22-27° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARIDA
Havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, ba’zi joylarda qorga aylanadi. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° bo‘ladi.