TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT
13.04.2023
Joriy yilning 15-17-aprel kunlari O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib keladi.
15-aprelda respublika hududida, 16-aprelda Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin.
15-17-aprelda respublika hududi bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Farg‘ona viloyatlarida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
17-aprelga havo harorati kechasi 2-7 daraja iliqgacha, kunduzi 10-15 daraja iliqgacha pasayadi. 16-17-aprel kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati va Navoiy viloyati shimolida harorat 0-5 daraja iliqgacha, ba’zi joylarda -1...-3 daraja sovuqgacha bo‘lishi mumkin, kunduz kunlari 7-12 daraja iliqgacha pasayadi.
15-17-aprel kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda qorga aylanadi) bo‘ladi, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar va haydovchilardan ehtiyot choralariga rioya etishingizni so‘raymiz.