13 APREL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

13 APREL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

13.04.2023

MUHIM HODISALAR

13-14 aprel kuni O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan quruq va issiq havo kirib kelishi davom etadi. Kunduzgi havo harorati 30-35 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 37 darajagacha ko‘tariladi.

13-14 aprelda respublika hududi bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi, Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida ba’zi joylarda shamol 25-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi kutilmoqda.

 

13 APREL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 28-33°, ba’zi joylarda 35-37° gacha bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 30-32o bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog’li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 18-23° bo‘ladi.