13 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI 12 aprel soat 20 dan 13 aprel soat 20 gacha

13 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI 12 aprel soat 20 dan 13 aprel soat 20 gacha

12.04.2023

MUHIM HODISALAR

13-14 aprel kuni O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan quruq va issiq havo kirib kelishi boshlanadi. Kunduzgi havo harorati 30-35 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 37 darajagacha ko‘tariladi.

13-14 aprelda respublika hududi bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi, Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida ba’zi joylarda shamol 25-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi kutilmoqda.

 

13 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI

12 aprel soat 20 dan 13 aprel soat 20 gacha

TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-15°, kunduzi 30-32° bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 9-14°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 32-37° bo’ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, faqat Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 28-33° bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, faqat Qashqadaryo viloyatida ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 32-37° bo’ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARIDA
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 15-20° bo‘ladi.