12 APREL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
12.04.2023
MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 12 aprel kuni O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan quruq va issiq havo kirib kelishi boshlanadi.
13-14 aprel kunlari respublika hududining katta qismida kunduzgi havo harorati 30-35 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 37 darajagacha ko‘tariladi.
12-14 aprelda respublika hududi bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi
17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi kutilmoqda.
12-14 aprelda Qoraqalpog‘iston Respublikasida; 13-14 aprelda Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida ba’zi joylarda shamol 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
12 APREL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha, ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 22-27°, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 30-33° gacha bo‘ladi.
Toshkentda Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 24-26° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog’li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 12-17° bo‘ladi.