11-13 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI
09.04.2023
11-13 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat 11 aprelda kechasi 7-12°, kunduzi 17-22°, 12 aprelda kechasi 7-12°, kunduzi 25-30°,
13 aprelda kechasi 9-14°, kunduzi 30-35° bo’ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat 11 aprelda kechasi 7-12°, kunduzi 22-27°, 12 aprelda kechasi 10-15°, kunduzi 28-33°,
13 aprelda kechasi 12-17°, kunduzi 30-35°bo’ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat 11 aprelda kechasi 7-12°, kunduzi 17-22°, 12 aprelda kechasi 7-12°, kunduzi 21-27°,
13 aprelda kechasi 10-15°, kunduzi 28-33° bo’ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat 11 aprelda kechasi 9-14°, kunduzi 25-30°, 12 aprelda kechasi 10-15°, kunduzi 28-33°,
13 aprelda kechasi 12-17°, kunduzi 30-35° bo’ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat 11 aprelda kechasi 5-10°, kunduzi 17-22°, 12 aprelda kechasi 6-11°, kunduzi 22-27°,
13 aprelda kechasi 8-13°, kunduzi 25-30° bo’ladi.
RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI
Havo oʻzgarib turadi, 11 aprelda vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi, momaqaldiroq bo’lishi, do’l yog’ishi mumkin. Baland tog‘larda (2000 m dan yuqorida) yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. 12-13 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 11 aprelda Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida 2000 metrdan balandda qor ko‘chish havfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 11 aprelda 6-11°, 12 aprelda 8-13°, 13 aprelda 10-15°bo’ladi.