9 APREL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

9 APREL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

09.04.2023

MUHIM HODISALAR

9-11 aprelda Toshkent viloyatining tog‘li xududlarida 2000 metrdan balandda qor ko‘chish havfi bor.
9-11 aprelda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida  sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

9 APREL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin kechga tomon Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Surxondaryo viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgaririb g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-27o bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi, mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-25o bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Baland tog‘larda (2000 m dan yuqorida) yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida 2000 metrdan balandda qor ko‘chish havfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12-17° bo‘ladi.