8 APREL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

8 APREL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

08.04.2023

MUHIM HODISALAR

8-11 aprelda Toshkent viloyatining tog‘li xududlarida 2000 metrdan balandda qor ko‘chish havfi bor.

8-11 aprelda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida  sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

8 APREL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Buxoro, Navoiy viloyatlarida ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-27o bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi, mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 22-24o bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Baland tog‘larda (2000 m dan yuqorida) yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida 2000 metrdan balandda qor ko‘chish havfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7-12° bo‘ladi.