9-11 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI

9-11 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI

07.04.2023

9-11 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, 9-10 aprelda ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. 11 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 9 aprelda 23-28°, 10 aprelda 15-20°, 11 aprelda 18-23° bo’ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, 9-10 aprelda ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. 11 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9 aprelda kechasi 9-14°, kunduzi 25-30°, 10 aprelda kechasi 7-12°, kunduzi 17-22°, 11 aprelda kechasi 7-12°, kunduzi 23-28° bo’ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 10 aprelda ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 9 aprelda 22-27°, 10 aprelda 17-22°, 11 aprelda 20-25° bo’ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 10 aprelda ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 9-14°, kunduzi 9 aprelda 25-30°, 10 aprelda 20-25°, 11 aprelda 23-28° bo’ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 10 aprelda ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 9-10 aprelda 20-25°, 11 aprelda 17-22° bo’ladi.

RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI
Havo oʻzgarib turadi, ‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 10 aprelda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg’ir yog’adi, qorga aylanishi mumkin). Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 9 aprelda 10-15°, 10-11 aprelda 5-10° bo’ladi.