8 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI 7 prel soat 20 dan 8 aprel soat 20 gacha

8 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI 7 prel soat 20 dan 8 aprel soat 20 gacha

07.04.2023

MUHIM HODISALAR

7 aprelda Toshkent viloyatining tog‘li xududlarida 2000 metrdan balandda qor ko‘chish havfi bor.

7 aprelda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

 

8 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI

7 prel soat 20 dan 8 aprel soat 20 gacha

TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-10o, kunduzi 22-24o bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14°, kunduzi 23-28° bo’ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 22-27° bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARIHavo
o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14°, kunduzi 25-30° bo’ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARIDA
Havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi. Baland tog’larda (2000 metrdan balandda) qorga aylanishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7°, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.