7 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI 6 prel soat 20 dan 7 aprel soat 20 gacha

7 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI 6 prel soat 20 dan 7 aprel soat 20 gacha

06.04.2023

 

MUHIM HODISALAR

6 aprelda Toshkent viloyatining tog‘li xududlarida 2000 metrdan balandda qor ko‘chish havfi bor.

6-7 aprelda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

 

7 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI

6 prel soat 20 dan 7 aprel soat 20 gacha

TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi, do‘l yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumikn. Harorat kechasi 10-12°, kunduzi 20-22° bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’ladi, do’l yog’ishi mumkin. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 20-25° bo’ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, Toshkent viloyatining ayrim joylarida kuchli bo’ladi, momaqaldiroq bo’lishi,  do’l yog’ishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 18-23° bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 20-25° bo’ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, ayrim joylarda kuchli bo’ladi, momaqaldiroq bo’lishi, do’l yog’ishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 18-23° bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARIDA
Havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg’ir yog’adi, qorga aylanadi), ba’zi joylarda kuchli bo’ladi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin.  Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7°, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.