6 APREL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

6 APREL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

06.04.2023

MUHIM HODISALAR

6 aprelda Toshkent viloyatining tog‘li xududlarida 2000 metrdan balandda qor ko‘chish havfi bor.

6-7 aprelda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida  sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

 

6 APREL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-20o bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 17-19o bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida 2000 metrdan balandda qor ko‘chish havfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7-12° bo‘ladi.