7-9 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI

7-9 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI

05.04.2023

7-9 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7 aprelda kechasi 7-12°, kunduzi 20-25°, 8-9 aprelda kechasi 7-12°, kunduzi 23-28° bo’ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, 7 aprelda ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi, do’l yog’ishi mumkin. 8-9 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7 aprelda kechasi 7-12°, kunduzi 20-25°, 8-9 aprelda kechasi 9-14°, kunduzi 23-28° bo’ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, 7 aprelda ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, Toshkent viloyatining ayrim joylarida kuchli bo’ladi, momaqaldiroq bo’lishi, do’l yog’ishi mumkin. 8-9 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 7 aprelda 18-23°, 8-9 aprelda
22-27
° bo’ladi.

QASHQADARYO VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, 7 aprelda ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi, do’l yog’ishi mumkin. 8-9 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7 aprelda kechasi 7-12°, kunduzi 20-25°, 8-9 aprelda kechasi 9-14°, kunduzi 23-28° bo’ladi.

SURXONDARYO VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7 aprelda kechasi 7-12°, kunduzi 20-25°, 8-9 aprelda kechasi 9-14°, kunduzi 23-28° bo’ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 7 aprelda ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, ayrim joylarda kuchli bo’ladi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. 8-9 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 7 aprelda 18-23°, 8-9 aprelda 20-25° bo’ladi.

RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI
Havo oʻzgarib turadi, 7-8 aprelda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg’ir yog’adi, qorga aylanadi) 7 aprelda ba’zi joylarda kuchli bo’ladi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. 9 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 5-10° bo’ladi.