6-8 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI

6-8 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI

04.04.2023

6-8 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 7 aprelda ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi, do’l yog’ishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 6 aprelda kechasi 5-10°, kunduzi 18-23°, 7 aprelda kechasi 7-12°, kunduzi 20-25°, 8 aprelda kechasi 7-12°, kunduzi 23-28° bo’ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 7 aprelda ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi, do’l yog’ishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 6 aprelda kechasi 7-12°, kunduzi 15-20°, 7 aprelda kechasi 7-12°, kunduzi 20-25°,8 aprelda kechasi 9-14°, kunduzi 23-28° bo’ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, 6-7 aprelda ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi, do’l yog’ishi mumkin. 8 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 6 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 6 aprelda 15-20°, 7 aprelda 18-23°, 8 aprelda 20-25° bo’ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 7 aprelda ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi, do’l yog’ishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 6 aprelda kechasi 7-12°, kunduzi 18-23°, 7 aprelda kechasi 7-12°, kunduzi 20-25°, 8 aprelda kechasi 9-14°, kunduzi 23-28° bo’ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 6-7 aprelda ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi, do’l yog’ishi mumkin. 8 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 6 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 6-7 aprelda 18-23°, 8 aprelda 20-25° bo’ladi.

RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI
Havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin, 6 aprelda ba’zi joylarda kuchli bo’ladi. Baland tog’li hududlarda qorga aylanishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 7-12° bo’ladi.