4 APREL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

4 APREL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

04.04.2023

MUHIM HODISALAR

4-7 aprelda Toshkent viloyatining tog‘li xududlarida 2000 metrdan balandda qor ko‘chish havfi bor.

4 aprelda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida  sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

 

4 APREL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Ba’zi joylarda momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 18-23o bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 18-20o bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi, momaqaldiroq bo‘lishi, ayrim joylarda do’l yog’ishi mumkin. Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida 2000 metrdan balandda qor ko‘chish havfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9-14° bo‘ladi.