29 IYUL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

29 IYUL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

29.07.2021

MUXIM XODISALAR

Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘li hududlarida va vodiyning Qirg‘iz Respublikasi bilan chegaradosh hududlarida kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar hisobiga, 29-31 iyul kunlarida Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining
tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.

O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddati yomg‘ir yog‘ishi momaqaldirok bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan
7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s kuchayadi, ba’zida changli bo‘ron bilan 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 32-37o bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 33-35o bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddati yomg‘ir yog‘ishi momaqaldirok bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat 23-28o bo‘ladi.