4-6 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI
02.04.2023
4-6 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4-5 aprelda kechasi 7-12°, 6 aprelda 5-10°, kunduzi 18-23° bo’ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, 4 aprelda Navoiy viloyatida ba’zi joylarda kuchli bo’ladi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 15-20° bo’ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 4 aprelda kechasi 9-14°, kunduzi 18-23°, 5-6 aprelda kechasi 7-12°, kunduzi 15-20° bo’ladi.
SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 aprel ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 4 aprelda kechasi 9-14°, kunduzi 18-23°, 5-6 aprelda kechasi 7-12°, kunduzi 15-20° bo’ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, 4 aprelda Qashqadaryo viloyatida ba’zi joylarda kuchli bo’ladi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 4-5 aprelda 10-15°, 6 aprelda 7-12°, kunduzi 18-23° bo’ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 4-5 aprelda kechasi 7-12°, kunduzi 20-25°, 6 aprelda kechasi 5-10°, kunduzi 15-20° bo’ladi.
RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI
Havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi. Baland tog’li hududlarda qorga aylanishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 4 aprelda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 9-14°, 5-6 aprelda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 7-12° bo’ladi.