3 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI 2 aprel soat 20 dan 3 aprel soat 20 gacha
02.04.2023
MUHIM HODISALAR
2-7 aprelda Toshkent viloyatining tog‘li xududlarida 2000 metrdan balandda qor ko‘chish havfi bor.
2-4 aprelda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
3 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI
2 aprel soat 20 dan 3 aprel soat 20 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi, do‘l yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-12o, kunduzi 21-23o bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 15-20° bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, Navoiy viloyatida ba’zi joylarda kuchli bo’ladi, momaqaldiroq bo’lishi, ayrim joylarda do’l yog’ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 9-14°, kunduzi 15-20° bo’ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi, ayrim joylarda do’l yog’ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 9-14°, kunduzi 18-23° bo‘ladi.
SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi, momaqaldiroq bo’lishi, ayrim joylarda do’l yog’ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 9-14°, kunduzi 18-23° bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, Qashqadaryo viloyatida ba’zi joylarda kuchli bo’ladi, momaqaldiroq bo’lishi, ayrim joylarda do’l yog’ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 18-23° bo’ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARIDA
Havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin, ayrim joylarda do’l yo’gishi mumkin. Baland tog’li hududlarda qorga aylanishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 9-14° iliq bo‘ladi.