3-5 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI
01.04.2023
3-5 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, 3 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 4-5 aprelda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 3 aprelda 15-20°, 4-5 aprelda 12-17° bo’ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, 3-4 aprelda Navoiy viloyatida ba’zi joylarda kuchli bo’ladi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3-4 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 3 aprel 9-14°, 4-5 aprel 7-12°, kunduzi 15-20° bo’ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3-4 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 9-14°, kunduzi 3-4 aprelda 18-23°,
5 aprelda 15-20° bo’ladi.
SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3-4 aprel ba’zi joylarda
15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi
9-14°, kunduzi 17-22° bo’ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, 3-4 aprelda Qashqadaryo viloyatida ba’zi joylarda kuchli bo’ladi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3-4 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 18-23° bo’ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 20-25° bo’ladi.
RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI
Havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi. Baland tog’li hududlarda qorga aylanishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3-4 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 9-14° bo’ladi.