TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT!
31.03.2023
Joriy yilning 2-4-aprelda O‘zbekiston bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida, tog‘oldi va tog‘li hududlarning ba’zi joylarida kuchli bo‘ladi. Respublikaning ayrim hududlarida do‘l yog‘ishi mumkin.
1-4-aprelda ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, shimolda va cho‘l hududlarda chang to‘zon bilan 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
2-4-aprel kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida, jumladan:
Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;
Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobod tumanlarida;
Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Poyariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda, tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni extiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz.