Davra suhbati

Davra suhbati

30.03.2023

Davra suhbati

📌O'zgidromet tadbirlar zalida: 

Gidrometeorologiya xizmati agentligi mutasaddi xodimlari hamda, "Zamin" fondi bilan birgalikda

"Atmosfera havosi ifloslanishi monitoringini avtomatlashtirish" loyihasini amalga oshirishni davom ettirish doirasida davra suhbati o‘tkazdi.

Tadbirda Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti vakillari ham ishtirok etdi.Tadbirning asosiy maqsadi shaharlar va aholi yashash maskanlaridagi atmosfera havosida PM 2,5 va PM 10 ifloslantiruvchi zarrachalarning konsentratsiyasi bo‘yicha milliy normativlarni mintaqamiz tabiiy-iqlim xususiyatalarini hisobga olgan holda ishlab chiqish borasidagi navbatdagi vazifalarni muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.Mazkur yonalishdagi ishlar JSST ekspertlari va Vashington universiteti professori Jey Tyorner ishtirokida olib borilmoqda. Milliy normativlarni ishlab chiqishda respublikamizda ornatilayotgan atmosfera havosini monitoring qilish boyicha avtomatik stansiyalar muhim orin tutmoqda.