1-3 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI
30.03.2023
1-3 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 2 aprelda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-2 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 1 aprelda kechasi 10-15°, kunduzi 22-27°, 2-3 aprelda kechasi 7-12°, kunduzi 12-17° bo’ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, 1 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 2-3 aprelda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-2 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 9-14°, kunduzi 1 aprelda 24-29°, 2-3 aprelda 15-20° bo’ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, 1-2 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 3 aprelda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 1 aprelda kechasi 9-14°, kunduzi 22-27°, 2 aprelda kechasi 9-14°, kunduzi 20-25°, 3 aprelda kechasi 7-12°, kunduzi 15-20° bo’ladi.
SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, 1 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 2-3 aprelda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 1 aprelda kechasi 9-14°, kunduzi 22-27°, 2 aprelda kechasi 9-14°, kunduzi 20-25°, 3 aprelda kechasi 7-12°, kunduzi 15-20° bo’ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, 1 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 2-3 aprelda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 1 aprelda 25-30°, 2-3 aprelda 20-25° bo’ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 1 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 2-3 aprelda ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 1 aprelda 22-27°, 2-3 aprelda 20-25° bo’ladi.
RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI
Havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. 2-3 aprelda yog ba’zi joylarda kuchli bo’ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 12-17° bo’ladi.