Iqlimiy barqaror kelajak uchun mintaqaviy hamkorlik

Iqlimiy barqaror kelajak uchun mintaqaviy hamkorlik

28.07.2021

Iqlimiy barqaror kelajak uchun mintaqaviy hamkorlik

Iqlim o‘zgarishi masalalari bo‘yicha Markaziy Osiyo konferensiyasi:

"Iqlimiy barqaror kelajak uchun mintaqaviy hamkorlik"

 

“O‘zgidromet” vakillari O‘zbekiston delegatsiya tarkibida “Orol dengizi havzasida iqlim o‘zgarishini moslashtirish va yumshatish dasturi” loyihasi doirasida tashkil etilgan Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Markaziy Osiyo to‘rtinchi konferensiyasida ishtirok etdilar. Ushbu loyiha Jahon Banki tomonidan moliyalashtirilgan loyihalardan biridir. Orol Xalqaro qutqaruv fondi Ijroiya qo‘mitasi tomonidan muvofiqlashtiruvchi ushbu tarkib Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik Markazi tomonidan amalga oshiriladi.

SAKIK-2021 26-27 iyul kunlari Tojikistonning Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadi. Anjuman doirasida tarmoqlararo va vazirliklararo hamkorlik masalalari, Konvensiya majburiyatlarini, iqlim siyosati va iklimni moliyalashtirish  masalalarini amalga oshirishga bag‘ishlangan qator tadbirlar o‘tkaziladi.

Iqlim o‘zgarishi oqibatlarini moslashtirish va yumshatish masalalari SAKIK-2021 ning tematik sessiyalarida teng ravishda aks ettirilgan. Anjuman doirasida ikkita yalpi majlis bo‘lib o‘tdi: (1) Iqlim o‘zgarishi sohasida milliy siyosat va fuqarolik jamiyatining ahamiyati. (2) Iqlimni moliyalashtirish: Markaziy Osiyo uchun imkoniyatlar va istiqbollar, ushbu mavzularning har biri bo‘yicha O‘zgidromet vakillari so‘zga chiqishdi. Anjuman doirasida  tarmoqlararo hamkorlikning muhimligi, iqlim siyosatini amalga oshirishda axborot, fanning ahamiyati masalalari, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlarini BMTning UNFCCC COP-26 ga tayyorlash masalalarini muhokama qilish uchun parallel ravishda sessiyalar tashkil etiladi.