30 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

30 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

30.03.2023

MUHIM HODISALAR

30-31 martda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida  sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

30-31 martda Toshkent viloyatining tog‘li xududlarida 2000 metrdan balandda qor ko‘chish havfi bor.

 

30 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat  20-25o bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 22-24o bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, baland tog‘larda ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin. Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida 2000 metrdan balandda qor ko‘chish havfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 12-17° bo‘ladi.