O‘zbekiston bo‘yicha 24-26 mart kunlariga ob-havo prognozi
24.03.2023
Bugun O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol 15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Havo harorati +20+23o bo‘ladi.
Shanba va yakshanba kunlari respublika hududi bo‘yicha quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Kunduzgi havo harorati ko‘tariladi va +23+25o ni, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda +27+29o ni tashkil etadi.
Respublikaning tog‘li hududlarida 24-26 mart kunlari ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.
Poytaxtimizda: havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, Kuchsiz shamol esadi. Harorat kechasi +8+10o, kunduzi +22+25o bo‘ladi.